Talabalar va o‘qituvchilar uchun zamonaviy portfolio tizimi. Akademik yutuqlar, ilmiy ishlar va ijodiy natijalarni yagona xavfsiz makonda jamlang.
Xalqaro Sertifikat
IELTS 8.5 Akademik Yutuq
Ilmiy Maqolalar
14 ta
Loyihalar
8 ta
1200+
Portfolio
350+
Foydalanuvchi
4200+
Hujjatlar
99%
Muvaffaqiyat
MuzeyLab elektron portfolio platformasi — bu oliy ta’lim muassasalarida talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning barcha turdagi yutuqlari, ilmiy faoliyat natijalari va malaka ko‘rsatkichlarini raqamli shaklda tizimlashtiruvchi zamonaviy ekotizimdir.
Ushbu platforma yordamida qog‘ozbozlik jarayonlari to‘liq cheklanadi. Har bir foydalanuvchi shaxsiy yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni (sertifikat, diplom, patent, maqolalar) tizimga kiritadi hamda shaffof reyting shakllanishiga zamin yaratadi.
Ta’lim tizimidagi barcha natijalarni to‘liq raqamlashtirish, talabalar va o‘qituvchilar faoliyatining shaffof hamda obektiv baholanishini ta’minlash. Akademik jarayonlar sifatini monitoring qilish uchun yagona va ochiq ma’lumotlar bazasini yaratishdir.
Foydalanuvchilarga qulay raqamli muhit taqdim etish, yuklanayotgan materiallarning verifikatsiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, tahliliy hisobotlar va reyting tizimini avtomatlashtirish hamda boshqa ta’lim platformalari bilan integratsiyani ta’minlash.
MuzeyLab ta’lim jarayoniga integratsiya qilingan eng ilg‘or texnologik va metodologik yechimlarni taklif etadi.
Rivojlangan davlatlar va dunyoning eng nufuzli top-1000 universitetlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan xalqaro baholash tizimi standartlari.
An’anaviy hujjat aylanishidan to‘liq voz kechgan holda, real vaqt rejimidagi integratsiyalashgan bulutli saqlash va tahlil tizimi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot, maqola yozish va ixtirochilik faoliyatlarini tizimli monitoring qilish va shaxsiy KPI ko‘rsatkichlarini hisoblash.